49 страница22 января 2022, 13:56

49

Usmon va Mahmud bomdod namozini õqib, zikr qilib õtirardilar.
Usmon Qur'on tilovat qilar, Mahnud esa uni tinglardi. Keyin Mahmud:
—Bu qaysi sura deb sõradi.
Usmon:
—Yusuf surasi deb javob berdi.
Mahmud:
—Juda gõzal õqiyapsan dedi havas bilan. Yana õylab turib:
—Yusuf qissasini menga gapirib berolasanmi?! dedi.
Usmon:
—Qur'ondagi eng gõzal va ibratli qissa Yusuf surasidir. Yaxshilab eshit va õzingga kerakli xulosani ol dedi. Usmon Yusuf a.s. ning qissalarini Mahmudga sõzlab berar, Mahmud esa uni tinglab õtirardi. Yusuf a.s. Zulayho tufayli zindonband etilgandagi sõzlarini aytib berarkan Mahmud:
— Xuddi yonimda Yusuf õtirgandek bõlyapti dedi.
Usmon kõzlari yoshlangandek bõlib:
— Men Yusuf a.s. dek bõla olarmidim dedi. Sõzlab bõlgach Mahmud:
— Sen bu zamonning Yusufisan Usmon dedi.
***
Sakiyna va Xaliyma honim kun sanab yashardilar. Biri jondan ortiq kõrgan farzandini, biri sevgan insoni va bolasining otasini kutardi.
Sakiyna Usmonni boshqa kõrolmaslikdan qõrqar, Zaynabning otasiz ulĝayishini xohlamasdi. Usmon yõqligini Zaynab ham sezgandek gõyo. Yiĝlashni boshlarkan, Sakiyna quloĝining tagiga Yusuf surasini qõydi. Zaynabning dum-dumoloq kõzlari porlab, atrofga nazar solardi. Kimnidir qidirayotgandek, kimdir uning hayotida yetishmayotganligi kõrinib turardi.
Sakiyna :
—Bolajonim sen ham uni soĝindingmi?! Menga õxshab axtaryapsanmi uni deb yiĝlab yuborar edi. Lekin kõz yoshlarini hech kimga kõrsatmas, ochiq chehra bilan yurardi. Kõz yoshlarini kõrsatsa erining «kuchli bõl» degan sõzlariga Amal qilmagan bõlishidan chõchir, sabr tilab, tabassum qilib yuraverardi.
Peshin vaqti ham kelgach, Mahmud ketishga tayyorlandi. Peshin namozini õqigach, eshiklari ochilib ichkariga bir odam kirdi va Mahmudni olib chiqishini aytib kutib turar, Mahmudning esa Usmondan uzoqlashgisi yõq edi. Uni mahkam quchoqladi:
—Men kelaman Yusufim kut meni dedi.
Usmon:
— Sen bilan yõlimiz masjidda, ka'bada tutashsin Mahmud. Boshqa bu yerni kõrmaylik dedi. Mahmud kõzlari yoshlandi. Xidoyatiga sababchi bõlgan insonni qoldirib ketish qanchalik oĝir edi.
Mahmud:
—Allohga omonatsan Usmonim deb u yerdan ketdi. Usmon ikkisi qisqa vaqt ichida bir maqsad va yõlda birlashgan birodarlarga aylanishdi. Alloh uchun bir -birlari bilan dõst tutungandilar. Mahmud uyiga yõl olarkan qalbidagi õsha his hamrohlik qilardi. Uyiga borib, aroqlarni sindirdi, Allohdan uzoqlashtiruvchi barcha narsani uyidan yõq qildi. Birinchi bor masjidga borib asr namozini õqidi. Tasbeh aytib, Usmonni duo qildi. Masjiddan chiqarkan u yerda õynayotgan bolalarni õpib, suydi shirinliklar sotib olib bolalarga tarqatdi. Masjiddan uzoqlashgisi kelmadi. Alloh uni qattiq baĝriga olgandek his qildi. Keyin Usmon bergan raqam yodiga tushdi. Masjiddagi õrindiqqa õtirib, kõylagining chõntagidan raqamni olib telefon qildi. Anas gõshakni oldi. U Aliyning kitob dõkonida Aliy bilan  sud haqida gaplashib õtirardi. Telefonini olib:
—Alo dedi.
Mahmud:
—Alo. Assalomu aleykum men Mahmudman. Siz Anas bõlsangiz kerak dedi.
Anas:
—Ha men Anasman. Õzingiz kimsiz?! dedi.
Mahmud:
—Men Usmon bilan qamoqda tanishdim. Unga yordam bermoqchiman. Usmon menga sizning raqamingizni berdi. Qayerda  uchrashsak bõladi dedi.
Anas:
— Hozir sizga bir manzil jõnataman, shu yerda uchrashib, gaplashib olamiz dedi va manzilni jõnatdi.
Anasning yonida õtirgan Aliy:
—Kim ekan?! deb sõradi.
Anas:
—Usmonning qamoqdagi tanishi ekan dedi.
Aliy:
—Usmon yaxshimikan, sõradingmi?! dedi.
Anas:
— Hozir shu yerga keladi, sõraymiz dedi.  Yarim soatlardan sõng Mahmud keldi. Aliy va Anas bilan tanishib salomlashdi.
Anas :
—Usmonning ahvoli yaxshimi?! deb sõradi Mahmuddan.
Mahmud:
—Yaxshi deb bõladimi bilmayman, sabr qilib õtiribdi dedi.
Anas:
—Qiynoqqa solishmadimi?! deb sõradi.
Mahmud:
—Menimcha yõq. Õzi bugun chiqdim qamoqdan dedi.
Anas:
— Sudgacha tegmaymiz deyishganiga biz ham ishonib õtirmiz dedi.
Mahmud:
—Terroristlikda ayblangan odamni xohlagan payt qiynoqqa solishlari mumkin. Ammo mening tanishlarim kõp ular bizga ichkaridagi vaziyatni aytib turishadi dedi.
Anas:
—Usmonga tuhmat qilgan odam kimligini bilamiz. Unga qarshi dalillarimiz ham bor dedi.
Mahmud:
—Kim ekan õsha kimsa?! deb sõradi.
Anas:
—Hikmat deganlari dedi.
Mahmud:
— Hikmat deganlari hamma biladigan Hikmatboy emasmi?! dedi.
Anas:
—Xuddi shunday siz qayerdan bildingiz dedi.
Mahmud:
—Qamoqxonada uning laychalari yurganini kõrgandim dedi.
Anas:
— Nima hali u yerda ham uni odamlari bormi?! dedi.
Mahmud:
—Ha, ayniqsa Usmon qamoqqa kelgan kuni laychalari kõpayib qoldi. Unga qarshi dalillaringizni tobora ehtiyotkorlik bilan yashiring. Undan hamma narsani kutsa bõladi dedi.

49 страница22 января 2022, 13:56

Комментарии