48
Usmon Mahmudning huzunli sevgi qissasini eshitib, oxirgi aytgan sõzlariga javoban:
—Allohning rahmati ĝazabidan ustun bõlgan zotdir. Gunoh eshigiga kirgan va ortga yõl yõq deb õylaganingda tavba degan eshik borligini ham unutma. Alloh rahmatining bir bõlagini yer yuziga tushurdi. Qolgani uning huzuridadir. Nega tavba , istiĝfor orqali najot topishingga ishonmaysan. Alloh taolo õziga tavba bilan qaytgan bandasini qabul etmaslikdan hayo qiladi. Alloh urushdan tirik qaytgan õĝlini kutib, unga mehribonlik qilgan onadanda mehribon va rahmlilarning eng rahmlisi, kechirimlilarning eng kechirimlisidir. Õtmishda musulmonlarga adovat qilgan, azob bergan, dinga dushmanlik qilgan qanchadan qancha mushriklarni Alloh qalbiga xidoyat nurini tushirgan, ularga ofiyat bergan zot, albatta seni ham avf etadi. Tavba va chin pushaymonlik bilan Allohga yuzlanar ekansan-u, u seni kechirmas ekanmi?! Ey Mahmud Robbingga qaytishingga nima xalaqit beryapti?! Shuncha yil shaytoning va nafsingga qullik qilganing yetmaydimi?! Seni õziga boĝlab turgan dunyo fitnalaridan uzilib, chin yurakdan tavba et va Alloh tomon chop, Robbing rahmatiga shoshil dedi. Mahmud umidsiz javob qaytarmay, kõzlaridagi yoshni yashirib , boshini egdi va:
—Qanday ayt ,qanday rahmatidan umidvor bõlay, men unga loyiqmidim?! Umrim fasodda õtdi, sevganlarim meni tark etdi! Qanday tavba qilay, qanday ,hatto gunohim kõpligidan qay biriga tavba qilishni ham bilmayman dedi.
Usmon:
—Alloh seni gunohlaring dengiz kõpigicha bõlsa ham avf etadi. U tomon birgina qadam tashlashing kifoya, u sen tomon yuguradi. Malik-ul muluk bõlgan zot seni kutyapti Mahmud. Unga qaytishingni xohlayapti, buni nahotki sezmayapsan. Nafsing, Shaytoningni unut, va seni avf etuvchiga yuzlan dedi yõgon va ruhlantiruvchi ohangada. Usmon Yusuf a.s. ning da'vatlari kabi uni tavbaga Allohga qaytishga chaqirardi. Har kecha Allohdan:
« Allohim dilimga, tilimga ilhom bergin. Bu ilhom bilan insonlarni sening yõlingga yõllay. Õzing menga madad va quvvat bergin ya Robbal alamiyn» deya duo qilar, Allohdan tinmay sõrar edi. Bugun uning duolari amalga oshgan, Mahmudning qalbi islom va tavba uchun yumshagan edi.
Kõzlaridagi yosh bilan Usmonga qaradi va:
—Menga qanday tavba qilishni õrgat. Allohga birga yuzlanaylik dedi. Usmonning tillari Uluĝ Mavloga hamd aytishdan tolmas, Mahmudni quchib:
—Allohning rahmatiga xush kelibsan Mahmud dedi. Mahmud sevinch va tavba yoshlarini artib, xaloga bordi. Sovuq suvda ĝusl qildi. Biroq, badani bu sovuq haroratni sezmas, qalbidagi ixlos otash bõlib yonayotgan, tezroq Alloh uchun sajda qilishni istadi. Bõlgach, xonaga kirib tavba qilishga tayyor ekanini aytdi. Ikkisi namozni ado etish uchun qibla qayerda ekanini bilolmay qiynalib zõrĝa namozni ado qildilar. Mahbuslar saqlanadigan xona tor va qoronĝu chiroĝ ham yõq. Birgina darchaning teshigidan oyning nuri tushib turardi.
*
Usmon bilan Mahmud namoz õqib, Robbilariga tavba etdilar. Ĝaflatda yashagan Mahmud endi yõq edi, uning õrniga Allohning islomning yõlida barcha narsaga tayyor shijoatli polvon turardi. Usmon bilan birgalikda namoz õqir, tasbeh aytar, takror tavba qilib, tizzalari oĝriqdan shishib tolsa ham joynamozdan turgisi kelmas edi. Qalbida Allohga nisbatan shirin tuyĝu bor edi. Shaytoni endi uning iymoni tavbasi oldida pusayib qolgandi. Bir kuni har kungidek namoz qilib bõlgandan sõng Mahmud:
—Alloh qanchalik mehribon zot-a. Birgina tavba bilan unga yuzlangandim. U esa qalbimga iymon tuĝsini soldi. Men hech qachon bunday huzur totmaganman. Ka'ba atrofida aylanib Allohga«labbayk Alloh» deb aytayotgandekman. Kecha xufton namozidan sõng, duo qildim: «Allohim baytingni tavof qilishni xohlayman, xojar-ul Asvadga yuzimni suray» degandim. Uxladim, tushimda Makkaga bordim. Ka'bani tavof qilmoqchi bõlib unga yaqinlashgach, bu tushim emas õngimda sodir bõlgandek edi. Tavof qildim. Qayerdandir azon sadolari eshtilib, uyĝonib ketdim. Qarasam sen bomdodga turgan ekansan dedi.
Usmon:
—Alloh seni ajri bilan mukofotlasin ey Mahmud. Alloh qilgan tavbalaringni qabul etibdi dedi.
Mahmud:
—Alloh sendan rozi bõlsin. Qiyomatli dõstimsan Usmon. Bu yerdan chiqishim bilan, qimorxonani yopaman. Ertaga peshinda bu yerdan ketaman. Senga qõlimdan kelgancha yordam beraman. Ozodlikka chiqqanimda seni qanday topsam bõladi dedi.
Usmon qõliga qoĝoz qalam olib Anasning raqamini yozdi:
—Qoĝozda yozilgan raqam mening dõstim Anasniki, nimani sõramoqchi bõlsang, unga boĝlanasan dedi.
