44
Anas xursandligidan Aliyning telefonini shoshib oldi. Yozilgan gaplarni eshitdi. Tiniq yozib olingan edi. Anas Aliyga kulib qaradi:
—Qanday uddalading dedi.
Aliy:
—Sen u kishidan gumon qilganingni aytgan zahoting, yoniga borgach sezdirmang telefonimning diktafonini yoqdim. Uni bu darajada tez tan oladi deb õylamagan edim. Ĝirt kaltafahm odam ekan dedi.
Anas:
—Undan hamma narsani kutsa bõladi, boyligiga, mansabiga ishonadi. Ammo ishongancha bor, Usmonni ham osongina jinoyatchiga chiqardi. Hozir bu audioni fleshkaga yozib kõpaytiramiz. Lekin õta ehtiyot bõlishimiz kerak. Agar bundan xabar topsa, senga ham tahdid qilishi mumkin dedi.
Aliy:
—Hõp. Sud qachon ekan aytishdimi?! dedi.
Anas:
—Õn besh kundan keyin ekan dedi.
Aliy:
—Tushunarli. Usmonni qiynashmaydimi?! Terroristlikda gumon qilinayotgan bõlsa xar hil qiynoqlarga solishmasmikin dedi.
Anas:
—Õsha yerda ishlaydigan odam bilan gaplashdim. Sudgacha tegishmaydi dedi. Agar Alloh kõrsatmasin, sudda yutqizsak, aybini tan olmagunicha qiynashadi. Bu oddiy tuhmat bõlsa pul bilan ham qutqarishimiz mumkin. Ammo gap terrorizm haqida ketganda ish anchaga chõziladi dedi.
Aliy:
— Alloh xohlasa qutuladi hammasidan dedi.
Anas ham:
—InshaAlloh deb ortlariga qaytishdi.
Usmonning uyiga borib, ichkariga kirar ekanlar, Xaliyma honimning mõltirab turgan kõzlariga qarab Anas :
—Xola , biz borib õsha yerda ishlaydigan odam bilan gaplashdik. Uydan terroristik ĝoyaga tarĝib qiluvchi noqonuniy kitob chiqqani uchungina Usmonni ushlab turishibdi. Menga ham kõrsatishmadi, sudgacha hech kim bilan kõrishishga ruxsat berilmas ekan. Xavotir olmang , qiynashmas ekan dedi.
Xaliyma honim:
—Nima bõlsa Allohdan, biz faqat sabr va duo qilamiz deb rõmoli bilan yuziga tushgan yoshlarini artdi. Sakiyna ham yuqorida uning sõzlarini eshtib turardi. Bir joyda õtirolmasdi.
Xaliyma honim:
—Sud qachon ekan dedi.
Anas:
—Õn besh kundan keyin ekan. Ungacha ushlab turisharkan dedi.
Xaliyma honim gapira olmay, sukut saqlagandan sõng:
—Mobodo, bu ishlarga Hikmat deganlarining aloqasi yõqmi?!dedi.
Anas:
— Meni ham xayolimga birinchi bõlib Hikmat keldi dedi.
Xaliyma honim:
—Agar bir yil avvalgi ishlarni deb bolamni yuzini shu qora qilgan bõlsa Alloh jazosini bersin dedi. Sakiyna hech narsaga tushunmadi. Kim u Hikmat?! Bizning oilaga nima dahli bor?! Yoki Usmonning ilmda hammadan birinchi bõlganiga yana bir xasad qiluvchimi?! Sakiyna Usmonga turmushga chiqqandan beri, eriga qancha odam xasad qilishini kõrib hayron qolgandi. Usmonni hamma Qur'on, ilm va hilmda yetakchiligi uchun yaxshi kõradi deb õylardi. Biroq « Hatto farishtani ham sevmaydi shayton» deyishganidek, Usmonni ham yomon kõruvchilar, har qadamiga choĝ qazuvchilar yõq emasdi. Uni yomon kõrsatish uchun ba'zi kimsalar« Qur'on yodlab turib, unchani mensimaydi, ja kibrli» degan gap tarqatishdan toymaganlar . Xõsh, Usmondagi« kibr» deb atalgan narsa aslida nima?! Aslida Usmonning dushmanlari qalbiga Alloh taolo tomonidan berilgan qõrquv va viqor edi. Shuning uchun ham Usmondan hayiqardilar. Alloh Qur'onni qalbiga, amaliga, suyak-suyagiga yozgan hofizi Qur'onlardan, munofiqlar shunday qõrqadilar-ki.
***
Sakiyna hali ham Hikmatboy kimligi bilan qiziqardi. Ularni kuzatishgandan sõng Sakiyna Xaliyma honimdan Hikmatning kimligini sõradi:
Xaliyma:
—Usmonni Madinaga õqishga yuborgan paytimiz rosa kuyov qilaman deb rahmatli qaynotangizni holi joniga qoymagandi. Õzi juda boy kishi. Qayerga qõl chõzsa yetadigan odam. Usmon ham dadasi ham unday dabdabali oila bilan quda bõlishni istashmagan. Qizi ham menga yoqmagandi. Puli bor aqli yõq, ahmoq odamlar edi. Qizi Usmonni orqasidan madinagacha borib õqidi. Rosa õzini aqlli kõrsatadigandek tuyulardi. Usmonim ham:
—Ertaga qaynotasini puliga yuribdi deyishmasin, qizni ham taniyman kõp amalini riyo uchun qiladiganga õxshaydi. Menga yoqmadi deb necha marta rad etgan.
Hikmatboy :
—Qizimga uylansang, falon joydagi hovli, eng qimmat mashina seniki bõladi degandi.
Shunda Usmon:
—Men Qur'onni nafsim uchun yodlaganim yõq bõlmasa õzimni ham qõlimdan qimmat mashina olish keladi degandi. Shundan beri...
Xaliyma chuqur nafas olib, sõzlarida davom etdi.
—Qaynotangizning vafotidan sõng, uylanishga tayyor emasligini aytsak ham anavi qiz umidini uzmadi. Tõyingiz bõlganini eshitib:
— Usmondan boshqasiga turmushga chiqmayman deb qasam ichibdi. Tõydan keyin hatto «ikkinchi xotin» bõlishga ham roziligini aytib xabar yozibdi bolamga. Sizni siqilmasin deb aytmagandi. Õzi u qizga tushuntirib, hammasini bosti-bosti qilgandan sõng, qiz ham tinchigandi. Zaynab tuĝilgan kun chidolmay, hech kimga aytmasdan borib õzini osibdi. Bir õlimdan qolibdi, ahmoq dedi. Sakiyna oxirgi sõzlarni eshtib, beixtiyor:
—Astaĝfirulloh, Astaĝfirulloh deb oĝzini yopti.
Xaliyma honim:
—Tuĝruqxonadan chiqmasingizdan bir kun oldin, oting õchgur Hikmat kelib Usmonga dõq qildi:
—Qasam ichaman qamataman seni, umring qamoqda chiriydi deb baqirib chiqib ketdi. Bir hafta õtib nima bõlganini õzingiz kõrib turibsiz dedi.
Sakiyna:
—Nega shuncha gap-sõzlarni oldinroq aytmadingiz, õsha qiz bilan ham kundosh bõlishga rozi bõlardim. Oilada sir saqlash yaxshimi axir dedi yoshlarini bazor tiyib.
Xaliyma honim:
— Men sal narsaga joniga qasd qiladigan qizni aslo kelin qilmasdim, qilmayman ham. Bilaman aytishga oson, lekin sabrli bõlishimiz, duoda sobit bõlishimiz kerak. Allohning bir imtihoni. Unga isyon qilmay sabr qilsak, inshaAlloh faqat xayrga erishamiz dedi kõzyoshlarini artar ekan. Yuqoridan Zaynabning ovozi eshtildi, Sakiyna yugurib yuqoriga chiqib ketdi.
