43 страница25 сентября 2021, 13:12

43

***
Sakiynaning qõl-oyoqlari õziga boysunmasdi. Bugun kõrganlari tush deb õyladi. Õylab õtirar ekan, Zaynabni ushlab yiĝlab õtirgan Xaliyma honimning unga qarab nimalardir deb  Zaynabni tutgazishidan õziga keldi.
Xaliyma honim:
—Zaynab ochiqqanga õxshaydi, borib ovqatlantiring dedi. Sakiyna qõliga Zaynabni olarkan unga qõshilib õzi ham yiĝlab yuboray dedi. Usmonning «kuchli bõl» degan gapini eslab, õzini bosdi. Xaliyma honimning ham yarasini yangilashni istamadi. Zaynabni olib yuqoriga chiqarkan, qaddini zõrĝa kõtarib borar, boshi holsizlikdan aylanar edi.
—Allohim menga biror nima bõlmasin, õzing asra, ishqilib Zaynabga hech narsa qilmasin deb duo qilardi. Xonalariga kirdi, hamma yoq ostun-ustun, kiyimlar kitoblar har yerda sochilib yotardi. Zaynabni asta belanchagiga yotqizib tebratdi. Zaynabning kõzlari uyquga ketdi. Sakiyna ohistalik bilan xonani yiĝishtira boshladi. Kõzi Usmonning qora kõylagiga tushdi. Uni olib hidladi, mushk ifori hali ketmagagan edi. Yuzlariga kõylakni mahkam quchoqlab sassiz yiĝlardi.
Õziga kelib kõz yoshlarini artdi:
—Allohga omonatsiz sevgilim, omonat dedi.
Usmon bilan soatlab har xil masalada suhbatlashardi-yu, hech qachon bu mavzuda sõzlashmagan edilar. Usmonni eslarkan baxtli kunlari suvdek tez oqib ketgandek gõyo, hali bir-birlariga tõymagan oshiqlarning boshiga kelgan bu sinov Alloh tomonidan berilgan, muhabbatlariga kelgan, sabrlarini sinovdan õtkazadigan bir sinov. Sakiynaning xayoliga Usmonning sõzlari keldi. «Yusuf alayhis-salamning hayotlariga havas qilaman, zindonda Allohga eng yaqin inson bõlganlar. Qur'ondagi eng gõzal qissa» deb takrorlayverardi.
Sakiyna:
—Yusufga havas qilib, Yusufdek zindonga otildingiz , mening Yusufim!!!. Yaqubdek kõyingizda bõzlab qoldim deb yiĝladi.
Sakiynaning yoniga Xosiyat  kirdi. Uni bu ahvolda kõrib, õzi ham ezildi. Yoniga õtirib:
— Tinchlantiruvchi dori ichasanmi? dedi. Sakiyna rozi bõlgach, dorini ichdi. Xosiyat uning kõzlaridagi yoshlarini artib:
—Allohning sinovi ekan, siqilma hammasi yaxshi bõladi dedi.
—InshaAlloh dedi Sakiyna va:
—Ketganlardan xabar yõqmi?!  dedi.
Xosiyat:
—Pastda Sumayya gaplashayapti, chiqsa sõraymiz dedi.
Sumayya Anas bilan telofonda gaplashayotgan edi:
—Hazrat, Usmon yaxshi ekanlarmi?! Kõrdingizmi õzi dedi.
Anas:
—Yõq kõrsatishmadi. Shu ishlarni hal qilib boramiz inshaAlloh. Uydagilarga yaxshiykan deb yubor, sudni aytib õtirma, borganda õzim aytaman dedi.
Sumayya:
— Hõp ,yaxshi yetib kelinglar deb gõshakni qõymoqchi edi, Anas:
— Masjid  ham tintuv qilinishi mumkin, tayyor turishsin. Ortiqcha yoki notanish kitobmi , buyummi chiqsa darrov yoqib yuborishsin. Anvar amakini ogohlantirib qõyinglar dedi. Sumayya Xaliyma xolani tinchlantirib, Sakiynaning yoniga chiqdi.
Xosiyat:
—Gaplashdingmi?! dedi.
Sumayya:
—Ha gaplashdim, bir-ikkita ishni bitirib qaytisharkan dedi. Sakiyna
—Usmonchi ?!degandek Sumayyaga qaradi. Sumayya :
—Kõrsatishmapti dedi. Sakiyna zõrĝa kõz yoshlarini tiyib:
—Ilohim tez orada chiqsinlarda. Kõp yilga qamalmasinlar dedi.
Sumayya:
—Amiyn, baĝringizga soĝ-omon qaytsinlar. Aytgancha masjidni ham tintuv qilishlari mumkin ekan. Dadangizni ogohlantirib qõying. Notanish kitobmi buyummi chiqsa yoqib yuborsinlar ekan dedi. Sakiyna Sumayyadan telefonini berib turishini sõradi. Bosqindan sõng õzinikini topolmagandi. Telefondan dadasiga qonĝiroq qildi:
—Alo assalomu aleykum  dada dedi yiĝlamsiragan ohangda.
Otaning ham kõngliga xavotir tushdi:
—Va aleykum qizim nima gap tinchlikmi?! dedi.
Sakiyna:
—Ha alhamdulillah. Dada uyimizni tintuv qilishdi, kuyovingizni olib ketishdi dedi.
Ota:
—Nega?! Qachon,õzing yaxshimisan, hech narsa qilmadimi?! Zaynab-chi dedi.
Sakiyna yutunib:
—Yõq hech narsa qilmadi. Zaynab ham yaxshi hozir uxlatdim. Dada masjidniyam yaxshilab tekshiring, kitoblarni ham. Notanish, shubhali narsami kitobmi bõlsa yoqib yuboringlar. Masjidni ham tintuv qilishi mumkin ekan dedi.
Ota:
—Tushundim qizim. Sen siqilma hõp, õzingga bolangga yaxshilab qara. Alloh xohlasa hammasi yaxshi bõladi, deb qiziga dalda berdi.
Sakiyna telefonni qõyib, tipirchilayotgan Zaynabni ovqatlantirdi. Anvarning mayus yuzini kõrgan ayoli :
—Tinchlikmi?! deb sõradi. Anvar unga hammasini aytib berdi. Ayoli ham mahzun bõlib:
—Kim tuhmat qilgan bõlsa ham Alloh jazosini bersin deb duo qildi.
Alloh zolimlarga kifoya qilsin. Bu dunyoda zolimlarning zulmi deb qancha Yusuflar zindonda qoldi.
***
Anas Usmonga tuhmat qilgan deb gumon qilgan odamning uyiga Aliy bilan bordi. Ichkariga kirgach, õsha odam bilan yuzma-yuz gaplashadigan gaplari borligini aytishdi. Õsha odamning qõriqchisi ularni uning yoniga olib kirdi. Anas va Aliy salom alikdan sõng maqsadga õtib qõya qolishdi.
Anas:
— Bugun sizni deb bir begunohning hayoti parokanda bõldi. Qilmagan aybi uchun panjara ortida õtiribdi. Allohdan qõrqing, erkak bõlib tuhmat qilgani hayo qilmaysizmi dedi jahl bilan. Kishi pinagini buzmay tõrda chilim chekib , tutunini Anasning yuziga pufladi:
—Tõppa-tõĝri tuhmatni men qildim. Uni men qamatdim. Xõsh qanday isbotlaysizlar. Hikmatboy  Usmonni qamatibdi desanglar, hamma ishonadi deb õylaysizlarmi?!.Aslida u mening hayotimni parokanda qildi. Meni va qizimni mensimadi. Jigargõshamdan ayrilay dedim. Qizim uni deb õzini õldirmoqchi bõldi. Hali ham zahxonadan chiqmaydi. Men ham undan qasd olmoqchi bõldim. Shuning uchun kutdim. Uylanishini, bolali bõlishini. Hamma narsasi bõlgandan keyin, uni hamma narsasidan mahrum qildim. Terrorist degan tamĝa bosildi. Endi unga hech kim ishonmaydi. Sevgan ayoli ham. Kõramiz shunda meni mensimaslik qanaqa bõlishini dedi. Anasning ham jahli mushtiga kelib, Hikmatni yoqasidan ushlab:
—Alloh kifoya qilsin senga deb musht tushirmoqchi edi Aliy tõxtatib:
—Õzingni bos Anas, qõyvor uni, agar ursang seni ham qamatadi keyin Usmonga kim yordam beradi dedi. Uydan chiqib mashinaga õtirishar ekan, Anas qattiq asabiylashdi. Aliy unga kuldi:
—U yerda uning hamma gaplarini yozib oldim dedi.

43 страница25 сентября 2021, 13:12

Комментарии