32 страница24 сентября 2021, 17:27

32

***
Bilol hali hamon Usmonning «duolaringni eshitdim» degan sõzlari xayolidan ketmas, qanday qilib degan savol tinchlik bermasdi. Opasidan sõrashga qaror qilib, uning yoniga bordi. Sakiyna dazmol qilish bilan band bõlgani uchun Bilolga tezroq gapir degandek ishora qildi.
Bilol :
-Opa, banda õlim holatida yotganga õxshab bexush yotsa, boshqa bandalarning qilgan amallari kõrinib turishi mumkinmi?! dedi .
Sakiyna biroz õylanib turib:
-Tõĝrisi bilmadim, Allohga ayon. U hamma narsaga qodir- deya javob berdi va :
-Nimaga sõrayapsan? dedi. Bilol Usmonning tushini Sakiynaga aytib berdi. Sakiyna ham hayrat tõla nigohlar bilan tinglab õtirdi.
***
Anas tõy taraddudlari bilan band ,qõli -qõliga tegmasdi. Buning ustiga tõy borasida onasi bilan ancha tortishib qolgandi. Onasi kattaroq, hashamatli tõy qilishni, tõydan keyin ham qilinadigan urf-odatlarni bajarishimiz shart deb turib oldi. Anas onasining bu qaysarliklarini tõydagi va tõydan keyingi kõp urf-odatlar islom dinida yõqligini qancha tushuntirmasin onasi tushunishni xohlamas edi.
Anasning fe'li tutib onasiga:
-Bu uyda men erkakmanmi õzi?! Bid'at deyapman, xurofot deyapman isrof deyapman. Nega tushunishni xohlamayapsiz ona, ertaga urf-odatingiz uchun jannatga kirolmasangiz va Alloh menga « sen bilarding nega ogohlantirmading» desa ikkimizning ham holimiz tang bõlib qolmasin. Odamlarga buni qilma ,uni qilma deb õzim qilamanmi bu na dinga na oriyatimga tõĝri keladi. Biz uchun oliy õrinda Alloh va islom turishi kerak emasmi?! Bir nechta odamning gap- sõzini deb Allohga osiy bõlaylikmi deb uydan chiqib ketdi. Mashinasiga õtirib masjid tomon yõl oldi.
Bizning hayotimizdagi ulkan xatoyimiz shu. Latta-putta, gap-sõz deb oramizda qanchadan-qancha isrofgarchilik qilayotgan odamlar son mingta. Qaniydi ular Hazrati Aliy va Fotimai Zahrolarning hayotlari faqirlik va isrofsiz kechganini eslasalar. Ularning nikohi dunyolar evaziga emas, islom yuksalishi yõlida qurilgani haqida fikr yuritsalar. Afsuski dunyo qalblarimizga hukmini õtkazib bõlgan. Xatto qilgan amallarimizdan ham uning hidi gufurib turadi. Alloh gunohlarimizni avf etsin.
Anas masjidga kirib Usmon bilan kõrishgach yuragidagi hamma gaplarni unga tõkib soldi:
-Õz onang bõla turib seni tushunmasa?! gunoh dedim, isrof dedim quloq solmayaptilar. Allohning õzi isloh qilsin . Õzlari dinda yõqligini bila turib urf-odatlarga qõl uryaptilar- dedi qõlini mushtlab.
Usmon:
-Ular seni onang. Ammo bu bid'atlarga qõl ur degani emasda dedi.
Anas:
-Men ham shu fikrdaman dedi.
Usmon:
-Õzing qattiq turavergin, agar sen qilsang odamlar« islomiy oila ham shunday qilibdimi, demak bizga ham mumkin» deb õylashadi. Natijada avvalari ilm õchoĝi bõlgan yurtimiz bid'at- xurofot õchoĝiga aylanadi. Onangga ham yana tushuntirishda davom et -deya maslahat berdi.
Anas:
-Allohdan yordam sõragan holda yana kurashga otlanaman dedi alam ustida kulib.
Usmon :
-Shunday qil dedi. Gaplari tugar-tugamas onasi qõnĝiroq qilib:
- Jon õĝlim, sen nima desang shu baxtli bõlsang menga shuni õzi yetarli dedi. Anasning duolari qabul bõlganidan õzida yõq quvondi. Usmonni quchoqlab:« Alhamdulillah» deb takrorlardi.

32 страница24 сентября 2021, 17:27

Комментарии