31 страница24 сентября 2021, 17:25

31

***
Aliyning tõyi belgilanib, tõy kuni aniqlandi. Tõy islom kõrsatmalariga binoan juda ixcham va havas qilarli darajada õtayotgan, Sakiyna ham tõyga tayyorgarlik kõrayotgandi. Gõzal liboslarini kiydi, ozgina pardoz da ham bahorda ochilgan chechak kabi gõzal edi. Aliy Sakiynaning eng yaqin dugonasi  Xosiyatga uylanayotganini bilgach tõyga borishni istadı. Tõy Qur'on tilovati va otinoyilarning duolari bilan boshladi. Tõyxonada birorta ham erkak kishi yõq, hamma sozandadan tortib afitsantgacha ayol kishilar xizmat qilishardi. Tõyning yarmi õtib bõlgach navbat  islomiy savol-javoblarga kelgandi. Birma-bir berilgan barcha savollarga  Sakiyna javob berar,boshqa ayollar ulgurmay qoladilar. Tõy yana salovatlar va nashidalar sadosi ostida davom etar, Sakiyna esa õzi tomon qaratilgan nigohlardan uyalib yerdan boshini kõtarmasdi. Tõydagi ayollarning unga qarab:
— Kimning qizi ekan-a , aqlli qizga õxshaydi, õzi ham bunchalar yoqimtoy qiz bõlmasa, biror dindor olim odamning qizi bõlsa kerak deb õz oralarida pichirlashardi. Sakiynaning yelkasidan kimdir ushlab:
— Kechirasiz dedi-yu Sakiyna ortiga õgirildi. Kõzlari qahva rang oq sariqdan kelgan gõzal bir qiz turardi.
Sakiyna birpast tikilib qolgach:
— Keling marhamat dedi. U qiz Sakiynaning yonidagi stolga õtirdi.  U qiz Anasning qalliği Sumayya bõlib, Sakiynani bir kõrishdayoq yoqtirib qolgan, u bilan tanishish uchun yoniga kelgandi. Sumayya Sakiyna bilan dõstlashib oldi va :
—Shu oyning oxirida tõyim bõladi siz ham keling, menga yordam berib yuborasiz maylimi deb sõradi.
Sakiyna biroz õylanib turgach:
— İnshaAlloh boraman. Avvolo dadam ruxsat bersalar dedi. Sumayya:
—Barbir kelasiz hõpmi, islomiy tõy bõladi. Hijolat bõlmay õtirasiz. Tõyga Xosiyatni ham aytganman u ham keladi, yolğizlanib qolaman deb õylamang dedi Sakiynaning qõllarini ushlab.
Sakiyna rozi bõldi. Sumayya ham Xosiyatning amakivachchasi edi.
***
Sakiyna tõy taassurotlarini onasiga maroq bilan sõzlab berdi.
Onasi:
— Xosiyat chiroyli qiz edi. Kelinlik libosida yana ham ochilib ketgandir dedi.
Sakiyna:
—  Ha juda gõzal kelin bõldi. Kõrganlarning hammasi havas qildi– dedi.
Onasi qiziga termulib turib:

—İlohim senga ham shunday joylardan nasib qilsin dedi.
Sakiyna onasining yuzini silab:
—İnshaAlloh onajon, undanda xayrlisi, eng xayrlisi bõlsin dedi.
Bilol bu gaplarını  eshitib:
— Barbir mening ustozimga mossiz opa deb xonaga kulib kirib keldi. Onasi õĝlining bu sõzlariga kulib yubordi:
—Ustozing imom  Usmonmi?! dedi.
Bilol :
—Ha deb javob berdi.
Sakiyna uyalib boshqa xonaga chiqib ketdi.
Onasi Bilolga  qarab yana nim tabassum qilgancha Sakiynaning yoniga chiqib ketdi.

31 страница24 сентября 2021, 17:25

Комментарии