23 страница24 сентября 2021, 17:19

23

***
Usmon shoshib masjidga keldi. Yana kimdir masjidga tegishli bõlgan ehson qutisini õmarib ketibdi. Bu safar Usmon qattiq ğazab qildi. Xodimlarga baland ovozda baqirib:
—Bõldi bu yerda sizlarning qiladigan ishingiz qolmadi. Bugün kechqurun õzim qoravullik qilaman, sızlar masjidga tegishli bõlgan ehson qutisini kim õmaroyotganini aniqlaysiz. Kerak bõlsa mijja qoqmaysizlar. Uluğ bayramda ham egri ishini qilishda davom etayotgan õsha kimsani  tutib yonimga  keltirasizlar deya hammani tarqatib yubordi. Usmon masjid kutubxonasida kitob õqish bilan õzini chalğitardi. Bir xodim qõlida   kitob bilan kirib keldi.
—Bir ayol sizga shuni berib yuborishimni tayınladı deb kitobni Usmonga berdi. Usmon kitobni ochib kõrmoqchi bõlganda uning ichidan bir maktub chiqdi. Maktubni olib õqidi.
«Salomlar va xayrlar tilayman sizga.
Men sizga ilk kõrishda oshiq bõlgan oshiğingizman.  Alloh avf etsin, sizni õzimga qaratmoq uchun qõlimdan kelgan hamma narsani qildim. Ammo menga qiyo ham boqmadingiz. Shu ondan buyon yana bir bor sizni kõrish uchun har juma kuni masjidga keladgan, sizning ma'ruzalaringizni tinglaydigan bõldim. Avval sizni, keyin esa islomni sevib qoldim. Menga zarda va nafrat bergan kitobingiz men uchun umrimdagi eng gõzal sovğa edi. Namozga ham tushdim. Xijobga ham kırdım. Bilasizmi siz hayotimga kirmasingizdan oldin fahsh, gunohlar ichida yashadim. Õzimni musulmon deb yurgan munofiq ekanman. Dinimni, iffatimni bilmaganim uchun qanchalar uyaldim.  Hozir qalbimda faqat Alloh nomi tajalli etmoqda. Agar uylanmagan bõlganingizda, duolarimda sizni sõrasam «amiyn» deysizmi Deb sõragan bõlardim.» 
Usmon xatni õqib bõlgach uni yashirib qõydi. Usmon hayoti davomida bunday maktublarga kõp marta duch kelardi. Ammo bu iymoniga putur yetkazishidan qattiq qõrqar edi. «Haqiqiy erkak bu— ayollar fitnasidan saqlangan erkakdir» deb hisoblardi.

23 страница24 сентября 2021, 17:19

Комментарии