22 страница24 сентября 2021, 17:18

22

***
Sakiynaning tushkun kayfiyatiyatidan xavotir olgan Bilol opasini kuldirish uchun har xil latifalar aytar, harakatlar qilardi. Biroq hamma harakatlari besamar ketardi. Opasini bu ketishda kõzlari  kõr bõlib qolishidan qõrqardi. Ramazon hayiti ham kelgan, Bilol olgan hayitliklarini yig'ib kitob do'konidan o'ziga kerakli kitobni olish bahonasida opasiga u bilan do'konga borishni taklif qildi. Sakiyna bu taklifni eshitib ko'ngli ozgina bezota bo'ldi. Do'konda yana o'sha sotuvchi yigitni ko'rib qolsa nima bo'ladi? Meni mensimadi deb o'ylasa-chi? Bularni o'ylab borgisi yo'qligini aytdi. Ammo Bilol qo'yarda qo'ymay olib bordi. Kitob do'koniga borishdi. Ichkariga kirdilar. Sotuvchi yigit kirishlari bilan ularga qaradi. Sakiyna uyalib uni ko'rmaganlikka oldi. Yigit uning yoniga kelmoqchi edi hamki, kitob do'koniga Usmon ham kirib keldi. Aliy uni ko'rishi bilan:
— Kõzlarimga ishonmayman Usmon, õzingmisan dõstim deya kõrishdi. Usmon,Aliy va Anas bir birlari bilan qalin dõstlar edilar. Aliy ham juda kelishgan va dindor yigit edi. Sakiynaning Qur'on õqishini bilib,Usmondan Qur'onni õrgangan edi. Usmon Aliyga kitob dõkonini ochishni maslahat bergan edi.  Usmonni kõrgan Bilol darrov salomlashib,  hayit bilan tabrikladi. Usmon ham uni mubarakbot etdi. Usmon Biloldan qanday kitob xarid qilishini sõradi. Bilol kitoblarni tomosha qilib, dõkonni aylanib yurgan opasiga qarab qõyib:
—Aslida kitob shunchaki bahona,  opamni chalĝitish uchun keldim. Opamning yiĝleyverib kõzlarida yosh qolmadi. Sababini sõrasam battar yiĝlaydilar, aytmaydilar. Xasta bõlib qolmasinlar deb olib keldim dedi xõrsinib. Usmon ham:
— Nega yoki ahlingga bepisand muomila qilyapsanmi Bilol deb sõradi.
Bilol:
—Yagona va men bilgan sababi bu Qur'onni yodlay olmaganlari bõlsa kerak dedi.
Usmon kitob rastalarida kitoblarni varoqlab kõrayotgan Sakiynaga qarab qõydi. Keyin esa qõnĝiroq bõlib qolgani uchun u yerdan shoshilib chiqib ketdi. Aliy bõlsa Sakiynaning oldiga kelib:
— Singlim sizni tõyimga taklif qilsam bõladimi? Xidoyatimga sababchi bõldingiz, kelsangiz mamnun bõlardim– deya Sakiynaga taklifnomani tutqazdi. Va:
—Alloh sizga kutganingizdan kõra ziyoda juft nasib qilsin– dedi.

22 страница24 сентября 2021, 17:18

Комментарии