8 страница22 сентября 2021, 14:53

8

***
Ramazon oyi kelishiga ham õn kun qolgandi. Bilol Qur'oni Karimni yodlab bõlishiga ham oz qolgan edi. Bir kuni Bilol: " Ey voh uxlab qolibman" deb shosha pisha bomdodni õqib, stol ustida yonma - yon turgan Qur'onlardan birini olib ketdi. Ortidan Sakiyna:
—Shodhmasdan ket ,yana yiqilib tushma! degancha qolib ketdi. Masjidga kirdi Usmon uni kelmaydi deb endi ketmoqchi bõlib turgan ekan.
Bilol:
—Ma'zur tuting kech qoldim, ranjimadingizmi? dedi. Usmon kulib:
—Boshqa takrorlanmasin, bomdoddan oldin uyĝonishga odatlan dedi. Darsini topshirish uchun Qur'onini oldi va peshonasiga qõli bilan urib:
—Kallam qursin opamning Qur'onini olib kelibman-ku dedi. Ustoz Qur'onim almashib qolibdi, uyga borib õzimnikini olib  kelaymi dedi.
Usmon:
—Vaqtni ketkazmaylik, qani boshla deb mus'hafni Bilolning qõlidan olib ochdi. Mus'hafdan taralgan mushk hidi uning dimoĝiga xush keldi. Bilol istioza basmala bilan darsini õqishni boshlayotgan edi Usmonning kõzi yoshlandi. Bilol xavotir olib:
—Nima bõldi ustoz yoki mendan ayb õtdimi? dedi. Usmon mus'hafning bir chetiga yozilgan bitiklarni õqigan edi. Unda " Shijoatli qizim Sakiynaga, har kuni tilovat qilish sharti bilan ustozidan hadiya " deb yozilgan, otasining imzosi qõyilgan edi. Otasiz qanchalar qiyin edi Usmonga. Hali undan õrganadigan qancha narsalari bor edi. Atigi yigirma uch yoshni qarshilagan Usmonning yelkasida bu ummatning imomi bõlishdek sharafli va oĝir vazifa  turardi.
Usmon:
—Har kuni tilovat qilinadimi bu Qur'onda deb sõradi.
Bilol:
—Ha, albatta opam har kuni Qur'on õqiydi deb javob berdi.
Usmon :
—Opangdan ham sendan ham Alloh rozi bõlsin deya kõz yoshlarini artib Bilolning yuz kõzidan õpib qõydi.

8 страница22 сентября 2021, 14:53

Комментарии