7
***
Sakiyna kitob mutolaa qilishni yoqtirardi. Bõsh qoldi deguncha kitob õqishga tushardi. U har qanday turdagi kitoblarni mutolaa qilar, kitobdagi ibratli sõzlarni daftariga yozib qõyardi. Badiiy, diniy, ilmiy, hajviy kitoblarni har safar boshqatdan õqib chiqardi. Qayta-qayta õqib õziga yangicha xulosa chiqarar edi. Sakiyna ayniqsa Oisha onamiz haqidagi kitobni õqishni sevardi. Oisha onamizga muhabbatli edi. U kitobni õqiganida kõziga har gal shashqator yosh kelardi. Oisha onamiz va Rasulullohning muhabbatiga xavas qilar edi. Sakiyna Oisha onamiz kabi iffatli, iymonli, ilmli, faqiyha bõlishga harakat qilardi. Sakiyna Oisha onamizning matonatlariga qoyil qolardi. "Ifk" hodisasidan sõng Oisha onamiz ustiga otilgan tuhmat toshlariga sabr etganlari Sakiynaning kõz yoshlariga sabab bõlgan edi. Oisha onamiz " Menga hazrati Yusuf va Maryam onamizga qilingan pok fitna qilindi, buyoĝiga Ya'qub a.s. ning sabrlari kabi gõzal sabrlari bõlsin" degan ma'nodagi gaplari Sakiynani hayron qoldirgandi. Yana Payĝambar afandimiz(s.a.v.) qabrlari ham suyuklilari Oisha r.a.ning uylarida edi.
Sakiyna "bir -bor bõlsa-da Oisha onamizni kõrsam edi" deb duo qilardi. Bir kuni xufton namozini õqib, "Allohim tushlarimda jannat sayyidalarini mehmon qilgin "deb duo qildi. Va uyquga ketdi. Tushida bir hovlida turardi, hovlining õrtasida ayollar jamoasi õtirar edi. Unga ham õtir deyildi. Sakiyna õrta bõydan sal pastroq ayolning yoniga õtirdi. U ayoldan taralayotgan nur Sakiynaning kõzini qamashtirdi. U ayoldan kimligini sõradi Sakiyna.
U ayol:
—Hazrati Muhammad a.s.ning zavjalari, Abu Bakrning qizi Oishaman deb javob qildi.
Sakiyna Oisha onamizning yonida õtirganini his qildi. Hovliga keng yelkali bir odam kirib kelardi. Õtirgan ayollardan biri ana otam Muhammad (s.a.v.)kelmoqdalar dedi. Sakiyna mõminlarning onalari bilan bir hovlida õtirardi va dedi:
"Qanilar, men ham bir kõray" deb rosa tipirchilardi. Shu zahoti uyĝonib ketdi. Õrnidan turib, Allohga hamdlar aytdi. Tahorot olib ikki rakat " shukur" namozi õqidi. Uzundan uzoq duolar qilib, joynamozi hõl bõlguncha yiĝladi.
