4
***
Shanba kuni edi. Tong naqadar gõzal boshlandi. Sakiyna nonushta tayyorlab, onasi va Bilol bilan birga nonushta qildi. Uyni supurib, artib tozalab bõlgandan sõng tikuv mashinasining yoniga kelib yangi buyirtirilgan rõmollarni tika boshladi. Bilol opasining orqasidan kelib qõllari bilan Sakiynaning kõzlarini berkitdi:
—Toping kimman dedi Bilol. Sakiyna ingichka va nozik barmoqlari bilan Bilolning jajji qõllarini siladi. Va javob berdi:
— Bilolimsan jonim ukam õzimning dedi. Bilol qahqaha otib kuldi:
—Toppa tõĝri javob barakalla dedi.
Sakiyna tikuv mashinasiga bir ĝaltak ip õtkazayotgan, oyoĝi bilan pedalni bosib mashinaning chokini tekshirib kõrardi. Bilol opasining yoniga õtirdi. Va sekingina :
—Opa, sizdan bir narsa sõrasam maylimi?! dedi Bilol.
Sakiyna jilmaygancha:
—Sõra jonim dedi.
Bilol:
—Pulingiz bormi ? dedi ming bir istehola bilan. Sakiyna ukasining nimaga pulga ehtiyoji borligini sõradi.
Bilol:
—Qur'on sotib olmoqchiydim dedi xijolat bõlib.
Sakiyna:
— Qur'on uchun albatta pulim topiladi. Agar xohlasang menikini olishing mumkin dedi.
Bilol:
—Yõĝe , uni sizga Usoma hazratlari hadiya qilganlar-ku dedi. Dushanba kundan masjidda Qur'on darslarini boshlamoqchi edik , shunga mushaf bõlishi kerak ekan dedi barmoqlarini õynatib.
Sakiyna mamnun bõlgancha ukasining peshonasidan õpdi va:
— Nega shuni oldinroq aytmading, hozir buyurtmalarni bitirib, pul qõlimga tushsa õzim sen bilan birga borib Qur'on xarid qilamiz bõptimi?! dedi. Bilolning ham quvonchi ichiga siĝmasdi. Sakiyna buyurtmalarni bitirdi pulini ham oldi, Bilol bilan birga kitob dõkoniga yõl olishdi. Dõkonning ichiga kirishdi. U yerdagi xar xil kitoblarni tomosha qilishardi. "Qaniydi puling hamma kitoblarga yetsa edi" deb orzu qilishardi. Bilol Qur'onlar turadigan joyga qarab Qur'on tanlar edi.
—Qaysi birini olsam ekan deb qõli bilan boshini qashlab qõyardi. Va nihoyat bittasini tanladi:
—Mana shunisi dedi. Sakiyna Qur'onning narxini sõradi.
Sotuvchi yigit:
—Bu mushaf Madina mushafi, õsha yerdan keltirilgan, shuning uchun qimmatroq dedi. Sakiynaning puli esa ancha yetmasdi. Olib beraman deb vada bergandi. Sotuvchi yigitga narxini biroz tushurishini sõradi. Sotuvchi yigit Sakiynaning oĝir va viqor tõla yuzidan mushafga puli yetmasligini sezib qoldi. Va :
—Mayli sizlarga dõkonimiz nomidan sovĝa bõla qolsin dedi.
Bilol va Sakiyna juda xursand bõlishdi. Sotuvchi yigitga"Alloh rozi bõlsin " deb takror tashakkurlar aytishdi. Qur'onni olib uylariga ketishdi. Sotuvchi yigit esa Sakiynadan to eshikdan chiqib ketmaguncha kõzini uzolmadi. Sakiynadek iboli qizlar kamayib ketgan edi. Sotuvchi yigitning bir bor bõlsada kõzlariga qaramadi. Gaplashib bõlgunlaricha qõlidagi sumkasining naqshlaridan kõzini olmasdi. Sotuvchi yigitning qalbida Sakiynaga nisbatan "Mana haqiqiy soliha ayol" degan e'tirof bõldi.
Bolalar uyga kelishdi. Bilol darhol tahorot oldi. Yangi Qur'onini ochdi. Opasiga ba'zi suralardan õqib berdi. Sakiyna uning xatolarini tõĝirlab ketardi.
Dushanba kuni ham keldi. Bilol bomdod namozini õqib masjidga ketdi. Yõlda yana õsha gõzal inson bilan uchrashishini faraz etib chopib ketardi.
