3
***
Bilol uyga xursand holda qaytdi. Onasi va Sakiyna Biloldan bu mamnunlikning sababini sõrashdi.
Bilol:
—Yangi imom juda mehribon odam ekanlar deb javob berdi. Onasi yangi imomning kimligi bilan qiziqib sõradi:
—Õzi kim ekan u imom dedi. Bilol kõzlari chaqnagancha onasining savoliga javob berdi:
— Imom janoblari rahmatli Shayx Usomaning õĝillari ekan, ular ham otalari singari olim ekanlar dedi.
Onasi:
—Ha, joylari jannatda bõlsin Shayx Usoma hazratlari juda yaxshi odam edilar. Farzandlari ham munosib õĝil bõlsa kerak dedi.
Sakiyna Shayx Usomani yaxshi kõrardi. Bolaligida u bilan erinmasdan õynar, ilk Qur'on tahsilini shu insondan olgandi. Shayxning vafotini eshitib rosa yiĝlagan edi. Endi esa uning õrniga uning õĝli kelganini eshitib Sakiyna ham qiziqib ukasidan u haqida sõradi:
—Qanday inson ekan õzi uni kõrdingmi? dedi. Bilol õtirib oldi va tõlqinlanib gapirib berdi:
—Oq chakmon kiygan bir baquvvat odam, juda ham gõzal va mehribon ekanlar, undan taraloyotgan iforni hali hech qayerda hidlamagandim. Meni tizzalariga õtirĝizdilar, men ularni yaxshi kõrib qoldim, men bilan birga ovqatlandilar. Keyin ismimni sõradilar. Ismim Bilol dedim.
Ular menga qarab:
—InshaAlloh kelajakda Bilol r.a.dek bõlib yetishasan dedilar.
Sakiyna ham bu tilakni eshitib "amiyn" deb qõydi.
—Aytchi yana nimalar dedi imom deb sõradi Sakiyna.
Bilol:
—Menga Qur'onni bilasanmi dedilar.
Men:
—InshaAlloh õrganaman dedim.
Ular:
—Xohlasang õrgatishim mumkin dedilar. Men ham rozi bõldim. Ishonasizmi opa ular masjidda asr namozini õqidilar. Qiroatlariga oshiq bõldim. Juda gõzal tilovat sohibi ekanlar dedi.
Sakiyna va onasi masjidga yangi kelgan imomning ta'rifini eshitib, Allohga hamdlar aytishdi.
Sakiyna juda ibodatli qiz edi. Besh vaqt namozni tõliq ado etishga harakat qilardi. Namozi qazo bõlib qolsa õzini ayblardi. U namoz vaqtlarini gõyo, urushga ketgan odamni kutgandek ,intizorlik bilan kutardi. Sakiyna ilm ahliga katta qiziqish bildirardi, ayniqsa Qur'on ahllariga muhabbati õzgacha edi. Qur'onni har kuni tilovat qilar, suralarni yodlashga kirishardi. Bolalik choĝlaridan qolgan edi bu odati. Ammo uy ishlari, oilaviy ahvolning yomonlashishi, Qur'on yodlashga xalaqit berardi. Shunday vaziyatda ham Sakiyna taslim bõlmasdi. Ota -onasiga moddiy yordam berish uchun joynamoz, rõmollar, kitob uchun jildlar tikib sotardi. Alloh ishlariga baraka berib qõygan edi. Tikkan joynamoz va rõmollari tez sotilib ketardi. Uning puliga gõsht ,yoĝ, piyoz , rõzĝor buyumlari olinardi. Sakiynaning birgina armoni Qur'onni tõliq yodlash edi. Ammo bu borada ustozi yõqligidan xafa bõlardi.
