56 страница22 января 2022, 14:14

56

Sudning bu qaroridan Anas juda ĝazabda edi. Advokatga tinmay ariza bilan chiqishini aytar, advokat esa barcha vakolatlarini ishga solganini aytdi. Anasning xayoliga Usmonning uyidan topilgan noqonuniy kitob tushgach, buni advokatga aytdi.
Advokat:
—Sizlarning uyingizni ham tintuv qilishlari mumkin, harqanday vaziyatga tayyor turing degach, Anas ham uyiga borib oilasiga xabar berdi. Buni eshitgan oilasi uyni õzlari tekshirib chiqishdi. Haqiqatdan ham  uning uyidan ham noqonuniy kitob chiqqan edi. Anas bu kitobni uyiga qanday kelib qolganini õylab, õyiga yetolmadi. Darhol uni yoqib kul qildi. Aliy keldi xayoliga, unga ham qõnĝiroq qilib, uyini va kitob dõkonini tekshirishini aytdi. Aliy ham u aytgandek qildi. Uning ham uyidan va kitob dõkonidan qandaydir terroristik ĝoyaga mansub kitoblar topildi. U ham kitoblarni yoqib yubordi. Va Anasga qõnĝiroq qilib muhim masalada yordami kerakligini aytgach, kõrishib gaplashib oldilar.
Aliy:
—Uyingda yoki yertõlangda kuzatuv kamerasi bormi? deb sõradi Anasdan. Anas ham õylanib qolib:
—Kutubxonam va yertõlaga qõydirgandim dedi.
Aliy:
—Hech kim bilmaydigan joydami?! dedi.
Anas:
—Ha uyda kamera borligini faqat men bilaman dedi.
Aliy:
— Kameradagi yozuvlar saqlanib qolgan bõlsa ularni kõrsam bõladimi?!dedi
Anas:
— Mayli dedi.
Ikkisi kechki payt kameralarda saqlanib qolgan videolarni kõra boshlashdi. Birdan uch oy oldin yertõladan kimdir kelib kitob qõyib ketgan tasvirga kõzlari tushdi.
Aliy:
—Kõrdingmi, sen meni ogohlantirib qonĝiroq qilganingda, u yerdan kitoblar chiqqanini kõrib, kitob dõkonidagi kamerani kõzdan kechirdim. Uyingga kirgan odamlarga õxshagan bittasi dõkonimga sezdirmay kitoblarni qõyib ketibdi. Uyimga ham uchta-tõrttasini tashlab ketishibdi. Uyimga qanday kirishgan deb hayronman dedi.
Anas:
—Men ham uch oy oldin qanday qilib uyga sezdirmay kira olishganini hazm qilolmayapman dedi.
Bu videolarni ham kõpaytirib, advokatga dalil sifatida berishdi.
Advokat:
—Õta xushyor bõling. Aybni bõyniga qõyishi uchun Usmonning uyiga ham yana narkotik yoki taqiqlangan psixantrop moddalar tashlab ketishlari va boshqa jinoyat bilan qamatib yuborishlari  hech gap emas deyishdi.
Aliy va Anas ayollari orqali Usmonga kelishi mumkin bõlgan xavfdan uning oilasini ogohlantirdilar.
Peshin vaqti edi. Eshikning qõnĝiroĝi chalindi. Sakiyna eshikdan qarab, Sumayya va Xosiyatni kõrgach eshikni ochdi. Ular bilan salomlashgach ichkariga taklif qildi. Õtirib suhbatlashishdi, bolalar bilan õynashgach, ularni uxlatib:
—Sud qoldirilgani yaxshi bõlmapti dedi Xosiyat.
Sakiyna:
—Xayrlisi shu ekan, biz nima ham qila olardik dedi.
Xosiyat:
—Tõĝri xayrli ish bõlganidir. Lekin hali ham bir narsaga tushuna olmayapman. Usmondan nima istashyapti õzi dedi.
Sakiyna:
—Bilmayman. Uch oy ushlab turishgani yetmagandek, sud kunini ham aytishmayapti. Kelasi hafta deb nechta haftalar õtib ketdi dedi.
Sumayya:
—Alloh sabr bersin dedi va bir past tin olib:
—Bizning uyimizni ham tintuv qilishlari mumkinligini eshtib, uyimni rosa yaxshilab tozalab tillalarim va qimmatbaho narsalarimning hammasini berkitib qõydim dedi.
Xosiyat ham kulib:
—Men ham hamma tillalarim, kompyuter fleshka nima bõlsa topolmaydigan qilib berkitib qõydim dedi.
Sakiyna ikki dugonasining gaplaridan kulib yubordi:
— Agar men ham tintuv qilishlarini oldindan bilganimda tillalarimni sizga õxshab berkitib qõygan bõlardim dedi.
Xosiyat:
—Tillalaring joyidami yoki olib ketib qaytib berishmadimi?! dedi.
Sumayya ham:
—Rostan shunday bõldimi?! dedi.
Sakiyna:
—Tillani olib ketsa jon derdim. Erimni olib ketishdi. Tovba uch oy kõrmadim-a ularni dedi.
Xosiyat:
—InshaAlloh hali kõrasan, kõraverib tõyib ketasan dedi.
Sakiyna:
—Chehralari armon bõlmasin bizga, Zaynab hali juda kichkina, yolĝiz õzim qiynalaman dedi.
Sumayya:
—Bu gapdan qanchalik charchagan va tõyib ketganingizni bilaman. Ammo hammasi yaxshi bõladi dedi.
Sakiyna:
—InshaAlloh xayrlisi bõlsin deb qõydi.

56 страница22 января 2022, 14:14

Комментарии