46 страница21 января 2022, 20:17

46

Sakiynaga qõshilib Xaliyma honim ham tunni qanday õtkazganini bilmadi. Tuni bõyi namoz, Qur'on õqidi, tasbeh aytib õĝlining haqqiga duo qildi. Sakiyna ham Xaliymaga kecha aytgan gaplaridan afsuslandi. Ertasi kuni nonushta tayyorladi, Xaliymani uyĝotdi, salomlashib dasturxonga õtirdilar. Xaliyma honimga choy uzatib, yerdan kõzini uzmay:
—Kecha sizga aytgan gaplarim uchun kechiring oyijon. Meni õylab aytmaganingizni kech fahmladim. Yarangizga tuz sepib qõydim dedi.
Xaliyma honim:
—Bõlar ish bõldi qizim bekorga siqilganingiz qoladi. Siz men uchun, Usmon uchun , Zaynab uchun kuchli bõlishingiz shart dedi. Shu orada Zaynab ham uyĝondi. Sakiyna kiyimlarini almashtirib, uni buvisining yoniga olib chiqdi. Xaliymaning chehrasi yorishdi, Zaynabni olib õpib erkaladi:
—Jonim meni, asalim meni, buvisini qizi-da bu, malagim deb quchoqladi.
Sakiyna ichida:
—Yaxshiyam Zaynab bor ekan bõlmasa siqilib qolar ekanlar dedi. Zaynabni erkalab turib:
—Sakiynaxon qon bosimimni õlchab qõying, negadir boshimning oĝriĝi õtib ketmayapti dedi. Sakiyna oshxonadagi dorilar turadigan qutining ichidan qon bosim õlchaydigan asbobni olib kelib õlchadi. Õlchab bõlib kõrib qõrqib ketdi, Xaliyma honimga sezdirmasdan tabassum qildi va:
—Ozgina oshibdi oyijon. Nima qilay kõk choy damlaymi?! dedi.
Xaliyma honim:
—Mayli faqat limon ham soling tez ta'sir qiladi dedi. Sakiyna shunday qilib, unga ĝamxorlik qildi.
Xaliyma honim ham, Sakiyna ham bir-birlariga õrganib qolishgan edi. Oradan uch kun õtdi. Xaliyma honim Sakiyna bilan Usmonga berib yuborilishi kerak bõlgan narsalarni tayyorlashardi.
Xaliyma honim:
—Qalin kiyimlarini soldingizmi?
— Ha soldim, dõppilarini, kitoblarini yana Qur'on ham soldim. Ovqatni õzingiz solasizmi?!dedi Sakiyna.
—Ha õzim solaman, yana Zaynabning kiyimini ham soling dedi Xaliyma.
—Hõp hozir deb ichkariga kirib ketdi Sakiyna.
Anas narsalarni olib ketishga kelgandi. Salom berdi Xaliymaga , alik olgandan sõng:
—Qamoqxonaga narsalarni olib kiryotganda, oziq-ovqatni yarmini olib qolishmaydi-mi?! dedi.
Anas:
—Õsha yerdagi bitta odamni gaplashdik qõliga bir - ikki sõm bersa, tegmasdan bus-butun Usmonga berarkan, xavotir olmang dedi.
Xaliyma:
—Ishonchli odammi? dedi.
Anas:
—Ha ishonchli odam ekan. Bir haftada bir marta narsa kirgizish mumkin ekan. Lekin u odamga xohlagan paytingiz pul berib kiritsangiz bõlarkan dedi.
Xaliyma:
—Yaxshi bõlibdi. Shunga ham õylanib turgandim. Men ham borsamikin, bormasam õlib qolaman, uch kun kõrmadim bolam bechorani dedi yiĝlamsirab.
Anas:
—Borganingiz bilan sudgacha kõrsatishmaydi. Men ham rosa harakat qildim bõlmadi. Narsalarni ham beraman-u kõrolmay qaytib kelaman doim dedi.
Xaliyma :
—Mayli unda dedi, eshik orqasidan Sakiyna unga Zaynabning oppoq paypoĝini Xaliyma honimga uzatdi. Uni Anasga berib Xaliyma honim:
—Buni ham berib qõy bolam dedi. Anas uni ham olib uydan xayrlashib chiqib  ketdi.
***
Xaliyma kõz yoshlarini artib, tasbeh aytib õtirar, Usmonni tezroq bu musibatlardan xalos bõlishini sõrab duo qilardi. Onaizor umrida birinchi bor farzandidan bunchalar yiroqda edi. Uning ahvolini bilmas, xar hil yomon tushlar kõrib chiqardi.Qõllarini duoga ochib:
«Allohim sabr ber» deb sõrardi. Yaxshi ham Zaynab bor Usmonni soĝinganda unga ovunchoq bõladi. Ĝam tashvishlarini aritadi.  Inson shunchalik bir-biriga õxshaydimi, kichkintoy Zaynab Usmonning õzginasi edi. Xaliyma bu musibatlar sinovligini juda yaxshi bilgan, isyon qilmasligi kerakligini tushunardi. Biroq bu kõz yoshlar isyon belgisi emas, farzand soĝinchining kuchliligi belgisi edi. Dunyoga keltirdi, yigirma tõrt yil u yiĝlasa yiĝladi, kulsa kuldi, bemor bõlsa õzi ham xasta bõldi. Ona uchun farzandidan yiroqda bõlish, birinchi marta uni kõra olmaslik qanchalar oĝir. Xaliyma tasbeh aytishda davom etar, telefoni jiringladi. Paydar-pay telefonini qidirib topdi. Va kõtardi, qizi Fotima edi:
—Assalomu aleykum onajon yaxshimisiz dedi
Xaliyma:
—Yaxshiman Alhamdulillah. Õzing, kuyov, uydagilar yaxshimi?! dedi.
Fotima:
—Biz ham yaxshi Allohga shukr, kenayim, Zaynab yaxshimi?! dedi.
—Ular ham yaxshi shukr dedi Xaliyma. Sakiyna Xaliyma honimning yoniga kirdi. U telefonda gaplashib bõlib, Sakiynaga:
—Bugun Fotimalar kelarkan tayyorgarlik kõraylik dedi. Ular Fotimaning kelishiga tayyorgarlik kõrishdi, yuzlaridagi ĝamni unga kõrsatmaslikka harakat qilishardi. Ammo Fotima buni sezib qõydiva:
—Kenayi tepaga chiqaylik  deb Sakiynani yuqori qavatga olib chiqib ketdi. Eshikni qulflab:
—Onam bolalar bilan ovora bõlgan paytda bir ish qilamiz dedi.
Sakiyna:
—Qanaqa ish?! dedi.
Fotima:
—Anavi qizning dadasiga qõnĝiroq qilamiz. Ochiqchasiga gaplashib olamiz. Akamni shu qamatganga õxshaydi dedi telefonini olib raqamini tera boshladi. Sakiyna uning telefonini olib qõydi va:
—Sudgacha tinch õtiraylik. Agar hozir qõnĝiroq qilsak ahvol yanada oĝirlashadi. Sudda menga tahdid qilishdi desa nima bõladi. Hamma narsa tinchib akangiz chiqib olsalar, nima qilishni õzlari biladilar deb telefonni õchirib qõydi

46 страница21 января 2022, 20:17

Комментарии