38 страница25 сентября 2021, 11:36

38

***
Sakiyna va Usmon baxtli hayot kechirardilar. Sakiyna yangi oilasi bilan tez chiqishib ketgan, oiladagi hamma uni hurmat qilardi. U eri va qaynonasining kõnglini olar, ikkisini ham birdek rozi qilishga harakat qilardi. Õz vazifalarinini chin kõngildan ado etar, xush muomilali va ochiq chehrasi bilan kõngillarni fath etgandi. Ota uyiga ham faqat xush kayfiyatda borib, yangi oila a'zolarinini maqtar, Qur'oniy muhitdagi xonadonda yashayotganidan mamnunligini aytib, uydagilarini ham xursand qilardi. Sakiynaning ota-onasi ham qizlarining baxtidan kõzlari quvonchga tõlardi. Sakiyna va Usmon har kuni kechqurun Qur'ondan dars tayyorlashar, Usmon Sakiynaga Qur'onning tafsirini tushuntirar, arab maqollari va matnlarini tarjima qilishni õrgatar edi. Hadisdan imom Buxoriy va Muslimning sahih hadislarini õrgatar, unga qõshilib qaytadan yod olar edi. Sakiyna tobora gõzallashib borayotgandek tuyular  edi Usmonga. Yuzidan yanada yoruĝ nur taralar, Usmonning yonida Qur'on õqib õtirganda õsha nur yanada kõzni qamashtirardi. Usmon Sakiynaga termulib kõzlari bu nurdan aslo uzilgisi kelmasdi. Bir kuni kechqurun har doimgidek dars tayyorlab õtirishgan paytda Usmon Sakiynaga:
— Sen ham sezyapsanmi?! dedi.
—Nimani?! deb tabassum qildi Sakiyna.
Usmon:
—Senga qaraganim sari gõzallashib borayotganingni dedi.
Sakiyna kulib yuzlari qizarib ketdi.
***
Usmon kun oylar sanab intizorlik bilan bir xabarni eshitishni kutardi. Ayolining «siz ota bõlasiz» degan sõzlarni aytishini xayol qilar, õzini u holatda qanday tutishini bilmasdi. Sakiyna payshanba kuni Qur'onni tõliq xifz qilib bõlgan, Usmonning ishdan kelishi bilan xushxabarlarini aytmoqchi edi. Usmonni kutib, Qur'on tilovat qilib õtirardi. Usmonning mashinasi hovliga kirib kelar, Sakiyna Qur'onni yopib, õziga qaragach, chuqur nafas oldi. Usmon onasi bilan salomlashib, yuqori qavatga Sakiynaning yoniga chiqdi. Uni kõrib dili yashnab ketgan, har safar erini shunday xursand qilar, ĝam-qayĝularini aritardi. Sakiyna Qur'onni tõliq xifz qilganin aytgach, undanda baxtiyor bõlgan, õzi imtihon qildi. Imtihondan a'lo õtgan, Usmon uning peshonasidan õpib boshiga toj kiydirdi va:
—Qoriyam mening, gullar ichida eng gõzal gulim deb yuzlarini siladi.
Sakiyna:
— Ustozim zõr-da axir deb kulib qõydi. Va yana:
—Sizga bir narsa aytaman faqat ..
gapi tugamay Usmon:
—Aytaver gulim, quloĝim senda dedi. Sakiyna tabassum bilan:
—Siz yaqinda ota bõlasiz dedi. Eshitdi-yu Usmon yiĝlamsirab, quvonchdan esankiradi :
—Rostanmi?! dedi . Sakiyna «ha» deb kulib yubordi. Usmon bu mujdali xabardan sal qolsa baqirib yuborardi.
Usmon:
—Alhamdulillah, Allohu Akbar deb takrorlardi. Ikkisi ham ota-ona bõlishlaridan baĝoyat mamnun edilar. Usmon uning qõllaridan tutib:
—Onamlarga aytdingmi?! deb sõradi. Sakiyna uyalib:
—Õzim ham yaqinda bildim dedi. Usmon Sakiyna bilan onasining yoniga tushib:
— Ona sizga bir sovĝamiz bor dedi.
Xaliyma honim ularning chehralaridagi bu quvonchdan nima demoqchi ekanlarini tushunmadi. Usmonga qarab «aytaveringlar» degandek kuldi. Va ikkisi ham barobariga:
—Siz yaqinda nabirali bõlasiz dedilar. Xaliyma honim bu xabarni eshtishi bilan kõziga yosh olib:
—Allohga shukur, anchadan beri kutyotgan edim bu xabarni. Umri bilan rizqi bilan bersin Allohim deb Sakiynani quchoqlab, qõlidagi tilla uzukni uning barmoqlariga taqib qõydi. Shu kundan e'tiboran oiladagilar jajji mehmon uchun kiyimlar, õyinchoqlar olib kela boshlashdi. Bu kichkintoy hali dunyoga kelmasdan turib, qalblarga surur, hayotlariga ma'no olib kirgandi. Usmon ham ishdan vaqtliroq qaytar, Sakiyna va tuĝilajak farzandiga alohida vaqt ajratardi. Farzandining Qur'onga muhabbatli, hofizi Qur'on bõlishi uchun Qur'on tilovat qilar, Sakiyna esa tilovatni tinglab orom olardi, Usmonning ayniqsa imom Hamza qiroatida õqishini tinglashni sevardi. Usmon ham kõp marta shu qiroatda ayoli va farzandi uchun qiroat qilib berardi. Sakiyna qayergadir toyinib ketsa yoki tasodifan yiqilib tushadigan bõlsa Usmonning joni qolmas, ahvoli yaxshiligini aytsa ham uy ishlarini qildirmas edi.
Shifokorga olib bormaguncha tinchimasdi.

38 страница25 сентября 2021, 11:36

Комментарии