34 страница24 сентября 2021, 17:30

34

***
Sakiyna uyiga kirdi-yu devorda osilib turgan soatga qaradi. Shom namozi chiqib ketishiga atigi õn nesh daqiqa qolgan edi. Shosha- pisha joynamozni solib namoz õqidi. Namoz õqib bõlib  joynamozning ustida õtirib zikr qilardi. Ayvonga onasi qõlida tasbeh bilan  kelib:
— Buncha kech qolding. Bir soat deb  naqd  ikki soat qolib ketding dedi Sakiynaga.
Sakiyna uzr sõrab:
— Xaliyma xolam yana bir soat õtir uyingga tashlab qõyamiz deb qõymadilar dedi qõrquv tõla ohang bilan.
Onasi:
— Boya eshigimiz tagiga kelgan mashina Xaliyma xolanglarnikimidi dedi.
Sakiyna:
— Ha ularniki deb aytdi.
Onasi:
— Õĝli bilan tashlab ketdilarmi seni?! dedi.
Sakiyna bu safar ham « ha» deb javob berdi.
Onasi:
—Mashinasi tanish kõrindi. Chunki juma namozida kõp kõrib qolardim shu mashinani dedi.
Sakiynadan tõy qanday bõlganini sõradi. Sakiyna tõydagi gõzal duolar , nashidalar va isrofgarchiliksiz ayollar bazmi bõlganini aytib berdi. Gaplarini tugatar ekan:
—Juda havasim keldi deb  yakunladi. Onasi bu sõzlariga javoban :
— Sen ham yaxshi niyat qilib Allohdan sõreyver, seni ham tõying shunday bõlsin dedi. Keyin yana gap Usmonning mashinasiga borib qoldi.
Sakiynaning onasi:
—Eshtishimcha Xaliyma xolangni õĝlini imomlikdan tashqari shaxsiy firmasi bormish, oylik maoshdan tashqari ishchilarga har juma mukofot puli berilarkan shu rostmi?! dedi.
Sakiyna xandon otib kulib yubordi:
—Õzimni soddagina onajonimey men ularning mashinasida yigirma daqiqagina õtirgan bõlsam, bularni sõramadim ham, õzi u yerda gapirdingmi deb sõrang. Faqat xolam gapirib keldilar dedi.
Onasi qiziga kulib qõyib:
—Endi qiziqdim-da, hamma firmasi bor deganga qimmatroq mashina haydaydimi debman, kõrinishidan unaqaga õxshamaydi dedi.
Sakiyna:
—Õĝillari qori bõlsa ,õzini katta kõrsatkisi kelmas. Mashinasi  menga yoqdi , ba'zilarnikiga õxshab katta besunaqay  mashina  emas  ekan dedi. 
Onasi:
—Ha shunisi ham yaxshi odam kamtar bõlgani ma'qul, õĝli qanaqa ekan?! Masjidga kelgan ayollar doim maqtashadi, õzi ham xulqi ham gõzal deb, nuqul sen tenggi qizlar kelib xiring-xiring qilib unga qarab pichirlashadi. Lekin men hecham yaqindan kõrmaganman , sen kõrmaganmisan  deb Sakiynaga qaradi.
Sakiyna joynamozning chetini õynab õtirib:
— Uncha e'tibor berolmadim, keldi-yu shu zahoti mashinaga õtirdik ketdik dedi onasiga.
Onasi:
—Ota-onasi chiroyli insonlar bõlgandan keyin u ham gõzal bõladi-da dedi.
Sakiyna ham:
—Tõĝri ayniqsa Xaliyma xolamda qandaydir kõpchilikda uchramaydigan gõzallik bor dedi.
Onasining kõzi soatga tushib, kõzi kosasidan chiqib ketgudek  kattardi:
— Gap bilan bõlib dadangni narsalarini Biloldan berib yuborish esimdan chiqibdi-ku! deya bor ovozi bilan:
—Bilol, hey Bilol qayerdasan deya ichkariga kirib ketdi.
***
Usmon  Anasning tõyidan oldin onasi bilan tortishib qolgandi.
Onasi:
—Õĝlim sen tengilarning hammasi shu yil uylanib ketdi. Sen bõlsa haligacha nimani kutayapsan tushunmadim. Keyingi yil deding, bu yil ham õtib ketyapti axir bolam
Usmon ikkilanib turib:
—Bilmadim oldindan bir narsa deyish mushkul, Alloh nasib qilgan kun keladi biroz kuting, inshaAlloh oz qoldi dedi onasiga.
Onasi:
—inshaAlloh, inshaAlloh deb Usmonning aytganlariga kõnib qoya qoldi. Sakiynani uyiga eltib qõyishganidan sõng, Xaliyma honim yõlda tõxtab,  Usmonga suv olishni tayinladi. Usmon mashinasini tõxtatib dõkonga kirib ketdi. Dõkondan suv olib mashinasiga õtirdi. Suvni onasiga uzatdi. Usmon va onasi oralarida  bir muddat sukkunat chõmdi. Usmon onasiga birozdan sõng:
—Tõy boshlaymizmi ona?! – deya kuldi. Onasi hayratda qoldi. Ikki soat oldin bu haqda tayinli gapirishni xohlamagan õĝlidan bunday xushxabarni eshitishni kutmagan edi-da!
Onasi :
— Sakiynagami ?!deb sõradi Usmondan.
Usmon kulib «ha» deb javob berdi.
Onasi ham õzida yõq xursandligidan õziga siĝmasdi:
—  Sovchilikka qachon boray dedi Usmonning kulgi yoĝilgan yuziga qarab.
Usmon:
— Ertagayoq borsangiz, yaxshi bõlardi deb javob berdi.
Ona rejasi ish bergandan mamnun bõlgandi. Sakiynani ilk bor kõrgandayoq yoqtirib qolgan, bir amallab õĝlini kõndirmoqchi edi.
Tõyda ham Sakiynani ushlab turishga harakat qilgandi.

34 страница24 сентября 2021, 17:30

Комментарии