20
ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ:
#20_qism.
( ✍ Fahriya_Yaqub)
Masjidni sukunat qoplagach, õzi javob berdi. «Hayo—iymonning yarmidir». Biz Allohdan hayo qilishni unutib qõydik. Mana endi oqibatini kõrib turibmiz. Ayol-qizlarimizda sharm- hayo pardasi kõtarilib ketdi. Allohning barcha narsani bilib, kuzatib turishini anglamay, gunohlarimizda davom etyapmiz.
Tarixga nazar tashlasak diyorimizdan qancha ulamolar yetishib chiqqanini kõramiz. Sanab õtirishning xojati yõq. Hammamiz yaxshi taniymiz tõĝrimi?!. «Men Buxoriyning yurtidanman» deb kerilishni bilamiz. Ammo uyimizda, ahlimiz orasida bitta bõlsa ham Rasululloh s.a.v.ning sunnatlarini tiriltirmaymiz. Gunohligini bila turib har xil urf- odatlar, bid'atlarni qilamiz. Hisobga uchramasimizdan oldin õzimizni hisob- kitob qilmaymiz. Biz faqat sõzimizda kuchlimiz, amalimizda esa aksi. Allohni Robbim, islomni dinim, Muhammad s.a.v. ni payĝambarim degan ekanmiz, unda nega Alloh, islom dini, payĝambar janobimizning sunnatlariga ergashmayapmiz?! Hozirgi kunda bizning dinimiz ham, amalimiz ham dunyo uchun odamlar kõrishi uchun xolos. Bir bechoraga ehson qilganimizni butun dunyo bilishi kerak, ijtimoiy tarmoqqa joylab, õzimizni qanchalik saxovatpesha ekanimizni namoyish etishimiz kerak. Bu qanaqasi?!...
Avvalari sohobiylar, solihlar bergan ehsonlarini yashirincha berardilar. Ular Allohdan chinakamiga xavf qilgan insonlar edi. Hatto tunlari miskinlarning eshigi yoniga bir xalta pul tashlab, õzlarini hech kim kõrmasligi uchun berkinib olishgan. Bilasizmi nega? chunki riyodan qõrqqanlar. Alloh riyo qilgani uchun olovi sachrab turgan, dõzaxga uloqtirilishlaridan xavf qilganlar. Asl hayo va xavfning ta'rifi shunday. Alloh yonimizda turgandek uni sevish va undan hayo qilish, ĝazabidan qõrqishdir.
Usmon sõzlarida davom etar, jamoat esa tinglab õtirardi. Bu jamoat ichida tavba qilgan ham, shunchaki eshtib õtirganlar ham bõldi. Xutba anchaga chõzildi. Juma namoziga ayollar ham kelgan, ular ham õzlariga ajratilgan joyda xutbani tinglab õtirardilar. Usmonning zakosiga ayollar ham tan bergan edilar. Ayol-qizlardan bir nechtasi uning gõzalligi va zakosiga oshiq bõlgan edilar. «Qaniydi, yosh imomni yana bir bor kõrsam» deb duolar qilishardi yosh qizlar. Xuddi hazrati Yusufning jamolini kõrib, qõllarini kesgan ayollardek qarashardi unga. Sakiyna ham masjiddamidi?, u ham tinglayotgan edimi Usmonni?!...
Yõq, u iztirob ichida xonasida ĝujanak holda kõrpasiga õranib yiĝlab yotardi. Nega?! Uni bunchalar qayĝuga solgan narsa nima edi?! Nima...
Sakiyna Qur'on yodlashdan umidini butunlay uzgan edi. Harakatlari zoe ketayotgani, oyatlarni tez yodidan chiqarardi. Sakiynaning imtihoni shunday edi. Alloh har bir Qur'on yodlovchisiga sinov berib, sinaydi.
U ham sinalayotgan edi. « Men Qur'onni yodlay olmasam kerak» deb aytdi ichida. Va uxladi. Tushida bir maskanda kõrdi õzini. Darvozalari yoqut va zumrad bilan bezalgan, qimmatbaho qasrda edi. Qushlar sayragan, gullar xushbõy taratgan boĝga kirdi. Boĝ ichida lahv, uning ustida oppoq jildli Qur'on turardi. Qur'on yonida nur yuzli bir inson Qur'ondan tilovat qilar edi. Bunchalar gõzal qiroat... Avval hech qayerda eshitmagan edi bunday gõzal Qur'on tilovatini...
U kishi Sakiyna tomon õgirildi. Qur'onni unga tutqazib «õqi» dedi. Sakiyna al- An'om surasini õqidi. Va õqib bõlgach:«siz kimsiz, ey nur yuzli odam» deya sõradi. U: « Hamza ibn Habib az-Zayyod» dedi. Sakiynang yuragi qafasidan chiqib ketar darajada ura boshladi. Va unga:«Robbing rahmatidan umidingni uzma!. U Qur' on jamlangan qalblarni azoblamaydi» dedi va yuqoridan nur tushdi imom Hamza esa ĝoyib bõldi.
Sakiyna õsha kundan beri yosh tõkar«Allohim senga hamdlar bõlsin, õzing avf et» deya õzini qõlga ololmasdi. Tushi haqida esa hech kimga aytolmadi. Faqat yiĝlar, Qur'on õqir al-An'am surasiga kelganda yiĝidan kõzlari shishar, mus'hafiga ham marjon-marjon yoshlari tomchilar edi.
*** Xutba tugab odamlar tarqaldi. Usmon ortida turgan Anas tomon qayrildi. Õtirib bafurja suhbatlashdilar.
— Sen aytgan qizni surishtirdim, masjidda ishlaydigan Anvar amakining qizi ekan, balki Anvar amakini eslarsan –dedi Usmon saqolini tutamlab.
Anas:
—Anvar amakini eslayman, ularni qizlari bormidi?!. Anvar amaki juda yaxshi odam edilar–dedi.
Usmon:
—Ammo bu yil qizlarini uzatmasalar kerak. Qiz hali õn sakkiz yosh ekan. Sendan shunda necha yosh kichik bõladi –dedi õylanib.
Anas:
— Tõrt yo besh yosh kichik bõlsa kerak. Aniq besh yosh kichik bõlarkan –dedi hisoblab.
Usmon:
— Yana õzing otasi bilan gaplashib kõr, sovchi jõnat, balki fikrlari õzgarar dedi.
Anas:
—Xayrlisi bõlsin,onam bu yil uylanasan deb turib olganlar. Kelin ham topib qõyibdilar–deb uyalgancha kulimsiradi.
Usmon:
— Uchrashdingmi?!, kim ekan õsha baxtli qiz –dedi u ham kulimsirab.
Anas:
—Insititutda õqigan paytlarimizda nahv fanidan dars õtadigan Jamol domlani eslaysanmi?, ularning Sumayya ismli qizlari bor ekan. Onam qistayvergach uchrashdim. Ma'qul keldi–dedi yana kulib.
Usmon:
—SubhanAlloh, juda yaxshi bõlibdi. Xursand bõldim. Insititutda eng bezor qilgan ustozingga kuyov bõlarkansanda endi–dedi Anasga kulib.
Anas:
—Endi nima deysan, Allohning ishi shu ekan. Õzim ham boshida ustozdan rosa qõrqdim,« meni kuydirgansan qizimni bermayman»
deb qolsalarchi deb siqildim. Allohga shukur unday demadilar. Shu oyning oxiriga tõy qilmoqchimiz– dedi.
Usmon:
— Alloh xayrli qilsin, bizga ham õz juftimizni topish nasib qilsin– dedi.
Anas:
—Õzing qachon,–deb Usmonga qaradi.
Usmon:
—Bilmadim,Alloh xohlagan kun. Hozir bularni õylashga vaqt bõlmayapti– dedi.
