15 страница24 сентября 2021, 17:11

15

***
ANAS QANDAY INSON.
Anas juda zakovatli, ilmli, notiq, hadisshunos mard yigit.  Ilmida ham, amalida ham sobit turardi. Fe'li sal oĝirroq, arzimagan narsaga jahli chiqib ketardi. Balki  shu fe'li tufayli islom dinida sobit turolgandir. Anas õz nafsi uchun ĝazab qilmasdi. U faqat Alloh yõlida ĝazab qilardi. Odamlarning u tõĝrisidagi notõĝri fikrlariga tupurib qõygan edi. Anas birovning kõngliga qattiq tegadi deb haqni gapirishdan uyalmasdi. Anas bid'at va xurofat, islom diniga putr yetkazuvchi barcha narsaga urush ochgan. Misoli hazrati Umar, hazrati Hamzadek qalblarni larzaga soladigan arslon. Usmon bilan qadrdon,qondoshlardanda yaqin edilar. Bolaligi Usmon bilan kechgan. Otasi besh yoshlarida vafot etgan. Usmonning otasi uni õz qarmoĝiga olib, tarbiyalagan. Anas Usmonning  otasini õz otasidek kõrgan. Uning oldidagi qarzni butun umr unutmagan edi Anas.  Doim otasini qõmsab qolganda Usmonning otasi Usomaning oldiga kelib, dardlashar edi. Anas Usomaning qistovi bilan Madinaga õqishga kirgan edi. Usomaning barcha qilgan yaxshiliklari Anasning qalbida muhrlangan, kun kelib yaxshiliklarini ziyodasi bilan qaytarishga bel boĝlagandi. Ammo Usomaning vafoti sabab orzusi amalga oshmay qoldi.

15 страница24 сентября 2021, 17:11

Комментарии