11 страница23 сентября 2021, 07:47

11

***
Usmon taroveh tasbehini õqir, jamoat gõzal qiroatini tinglab õtirar edi. Namoz ham tugadi. Odamlar sekin tarqala boshladi, orqaroq safdan kimdir Usmon tomon kelardi. Yaqiniga kelgandan keyin u odamni tanidi va mamnun bõlib:
—Assalomu aleykum, qadrdonim Anas deb quchoqlashib kõrishdi. Anas:
—Iya Usmon õzingmisan, kõrishmaganimizga ham ancha bõlibdi-ya dedi. Usmon va Anas bolaligidan dõst bõlishgan, birga tahsil olishgan edi. Ikkalasi  uzoq suhbatlashib õtirishdi.
Anas:
—Bandalik ekan, Alloh  sabr bersin, deb Usmonga hamdardlik bildirdi.
Janozalariga ham kela olmadim aybga buyurma  dedi.
Usmon:
—Hech qisi yõq qanday qilib  kela olarding Madina shahrida ilm olayotganding õsha vaqtda. Otam sendan rozi edilar, seni õz õĝillaridek ardoqlardilar, esingdami bolaligimizda tamoĝingga nõxot tiqilib qolganida dedi Usmon kulib.
Anas:
—Ha esimda, amakim qõllarini tanlayimga tiqib zõrĝa olgandilar õsha nõxotni deb u ham kuldi.
Usmon:
—Daraxtdan yiqilib boshing yorilganda ham zudlik bilan doktorga olib borgandilar dedi.
Anas:
—Endi ular bilan qayta kõrishish qiyomatga qoldi dedi.
Usmon:
—Ha oxiratlari obod bõlsin, visollarini takror kõrish bu dunyoda orzu bõlib qoldi dedi.
Anas:
—õzingda nima gaplar dedi Usmonga.
Usmon:
—Otamning vasiyatlariga binoan mana shu masjidning minbarida insonlarga islom ahkomlariga, buyruqlariga, qaytarganlaridan qaytarishga urinyapman dedi.
Anas:
—Foydasi bõlyaptimi ?! dedi.
Usmon:
—Alloh biladi Anas, ammo umrimda bunchalik mushkul vazifaga duch kelmagandim, odamlarga nasihat qilaman, islom diniga chaqiraman, keyin õzimga yuzlanaman, ilmimga amal qilyapmanmi õzi, riyokorlik qilmayapmanmikan degan savollar meni yeb qõyay deydi. Oson ish emas ekan, sen haqingda yaxshi ham, yomon ham gumon qilishar ekan deb javob berdi.
Usmon:
—Senda-chi, nima  gaplar deb  finjondagi qahvadan xõpladi.
Anas:
—E nimasini aytasan, ilmli olim bõldim deb xursand bõlgandim. Endi galdagi qilishim lozim bõlgan ish nikoh bõlib turibdi. Ustozlarim" Nikoh iymonni kuchaytiradi, faxshdan saqlaydi "deb nasihat qilishyapti. Bir - ikkta qiz bilan uchrashib kõrdim. Ammo hech biri yoqmadi. Hech birida bu ummatga nusrat bõla oladigan ayol siymosini kõrmadim. Juft tanlash murakkab ish ekan. Bekorga soliha ayol dinning yarmidir deyilmagan ekan.
Ba'zida hozirgi zamonda ham soliha qizlar bormikan deb qolaman.   Bu ummatni munosib tarbiya qiloladigan Buxoriyning onalaridek onalar bõlarmikan, Alloh yana bu kunlarni bizga nasib etarmikan deb õylab qolaman dedi. Usmon ham" mening ham boshimda shu tashvish "degandek qarab qõydi Anasga.
Anas:
—Ammo bugun masjidda adashib qolib bir qizga kõzim tushdi dedi.
Usmon:
—Qanday qiz ekan deb sõradi.
Anas:
—Shar'iy hijob odoblari bõyicha kiyingan, iboli-hayoli qiz ekanligi bilinib turadigan qiz ekan dedi.
Usmon:
—Nomahramlarga e'tibor beradigan bõlib qoldingmi?! dedi kulib.
Anas:
—Yõĝe astaĝfirulloh unday emas, bu bir tasodif edi xolos, balki uylanish niyatida yurganim uchunmi... dedi  hayajonlanib.
—Menimcha, shu atrofda yashasa kerak dedi. Keyin bir past oĝzini hõllab:
—Surishtirib kõrasanmi, balki menga mos qizdir?! dedi.
Usmon:
—Men sovchi emasman, bu ishda tajribam yõq dedi.
Anas:
—Ancha yildan beri endi senga ishim tushdi. Baxtimni topishimga sababchi bõlarsan balki dedi.
Usmon:
—Mayli sõrab kõrarman, lekin oldindan va'da berolmayman. Masjiddagi ishlarim kõp deb javob berdi.
Anas:
—Aytgancha qizning ismi" Sakiyna " ekan dedi. Usmon õylanib qoldi,va Anas bilan suhbatida  yana davom etdi.

11 страница23 сентября 2021, 07:47

Комментарии